Tushunamiz, oʻquvchilarimiz hali yosh va tajribasiz. Lekin ma’lumotlarni, kalitlarni belgilashni yaxshilab oʻrgatishga yordam bering. Har doim shu standartda javoblar varaqasi boʻladi.
Sinfi va boshqa ma’lumotlarni yozmaslik yoki xato yozishlik holatlari sababli natijalar e’lon qilinishi kechikib ketmoqda.
Takrorlayman, bu hech kimning aybi emas. Bora bora har bir jabhada (tajriba, bilim, ishtirok etish madaniyati) rivojlanib boramiz. Buni faqatgina birgalikda uddalaymiz.