Yoshi katta managerlar yoki boshliqlar bilan gaplashganda ko'pincha shunday o'ylaymiz:
"Qarshi fikrim bor...
lekin aytsammi? Xafa bo'lsa-chi?
Hurmatsizlik bo'lmasmikin?"
Men har doim bir usulni qo'llayman:
SAVOL BERISH.
Faraziy misol:
Menejer yig'ilishda dedi:
"Yangi mahsulot haqida katalog ma'lumotlarini barcha mijozlarimizga emailda yuboringlar.
Yil oxirigacha 3ta mijozga sotishimiz kerak."
Men hammaga email yuborishga erinayotgan edim — va bir tomondan bu, menimcha, effektiv emasdi.
Lekin to'g'ridan-to'g'ri "Yo'q, bu noto'g'ri" deyolmasdim.
Shunda savol berdim:
"Rahbar, sizningcha mijozlarimizdan qaysilarida shu mahsulotga talab katta deb o'ylaysiz?"
Xona jimib qoldi.
Menejer o'yladi.
Keyin 5-6ta mijozni sanadi.
Men dedim:
"Unda, xo'p desangiz, men shu mijozlar shortlistini tayyorlayman va mijozning qaror beradigan kishisiga qanday qilib aloqaga chiqish haqida yana maslahatingizni olaman."
Men hech narsani rad etmadim.
Shunchaki savol berdim.
Chunki savol berish:
- Hurmatsizlik emas
- Aqillilik qilish emas
- Rejalarni aniqlashtirish
- Qarshilikni his ettirmaydi
Bu usul faqat rahbar uchun emas.
Mijoz bilan.
Juda yaqin bo'lmagan hamkasb bilan.
Katta yoki kichik — hammaga ishlatsa bo'ladigan sirli kuchdir.
Savol bering.
Javob emas — savol!
#YaponiyaWorkSkillTips #Jurabek #CommunicationSkills #WorkSkills
🚀Telegram📷 Instagram 🔵Facebook