Yosh kimyogarlar olimpiadasi 2-bosqichining o’tkazilish tartibi to’g’risida (3)

•Masalalarning yechimlari bir-biriga aralashib ketmasligi, shartlar va masalalar orasida yetarlicha (2-3 qator) bo’sh joy qolishi kerak.

•Har bir masala va shartda so’ralgan hisob-kitob, ta’rif, ifodalar, reaksiyalar va tushuntirishlar berilishi kerak. Masala shartida so’ralmagan narsalarni yozish hech qanday qo’shimcha ball bermaydi va aksincha vaqtingizni oladi.

•Topshiriqlarda so’ralgan natijalar iloji boricha tushunarli, ochiq joyda yoki tagiga chizgan holda bildirib qo’yilishi hakamlar ishini yengillatadi va ortiqcha tushunmovchiliklarning oldini oladi.

•Ishtirokchi yozuvi tushunarli va harflar, so’zlar, terminlar, belgilar aniq ajratiladigan darajada bo’lishi kerak. Tushunarsiz, chaplangan holatlarda hakamlarga nima yozilgani aniq bilinmasa ishtirokchiga shunday holatlarda ball berilmasligi mumkin.

•Yechimlarni skanerlash uchun android qurilmalar egalariga tashkiliy qo’mita Clear scanner, Tiny scan kabi dasturlarni taklif qiladi. Dasturlarni Google play market dan bepul yuklab olish mumkin.

•iOS qurilmalar egalari skanerlashni telefon kamerasi yordamida amalga oshirishlari mumkin bo’lishi kerak. Aks holda App store dan Clear scanner, Tiny scan kabi dasturlarni yuklab olib foydalanishlari mumkin.

•Har ikkala holatda ham tashkiliy qo’mita kerakli dasturlarni oldindan yuklab olib, ishlatib ko’rish va bir-necha marotaba mashq qilib ko’rishni qat’iyan maslahat beradi.

•Kompyuter foydalanuvchilari skaner qurilmasi yoki skanerlash qobilyatiga ega printerlar orqali yechimlarini skanerlashlari mumkin.

•Xoh telefon, xoh kompyuter orqali bo’lsin, skanerlangan yechimlar tiniq, yaxshi sifatli, barcha yozuvlari borligiga va xiralashib qolmaganiga e’tibor bering. Sahifalar ketma-ketligiga e’tibor bering!

•Barcha yechimlaringizni bitta .pdf fayl ko’rinishida yuboring, har bir masalani yoki har bir varoqni alohida emas!

•Rasm ko’rinishidagi yechimlar qabul qilinmaydi! Yuqorida tavsiya qilingan skanerlash usullaridan oldindan foydalanib, o’zingizda tajriba orttiring.

•Yuboriladigan .pdf fayl nomi aynan ishtirokchining nomi bilan nomlanishi shart emas. Lekin har bir varoqda ishtirokchi nomi bo’lishi shart!

Comments

Be the first to add a comment