Yaponiya hukumati doimiy yashash vizasi (Eijuken) ni olishni qiyinlashtirdi. https://www.nikkei.com/article/DGXZQOUA035500T00C26A8000000/

Shu vaqtga qadar, 1) Yomon ish qilmagan bo'lsa, 2) O'zini o'zi ta'minlay olsa 3) Yaponiya davlatiga foydasi tegadigan kishi bo'lsa
degan talabalari bor edi.
Shu talablar, 1) Daromadi o'rtacha Yaponlardan yuqori bo'lishi kerak 2) Aniq faktlar bilan Yaponiyaga foydasi tegishini isbotlab berish 3) Pensiyaga chiqganda yetarlicha pensiya to'lagan yoki yetarlicha mablag'i bor deb ko'rsatish kerak bo'ladi.

Bundan tashqari, Doimiy yashash statusiga ega bo'lgan kishilar, ataylab soliq, sug'urtani to'lamasa ushbu erkinlik olib qo'yiladi.

Men bitta xulosa qilmoqchiman, biz shunday zo'r bo'laylikki, Eijuken ga tobe bo'lmaylik.

Bir tomondan olib qarasa, o'rtacha Yaponlardan ko'proq daromad olish ham qiyin emas, hozir Yapon oilalarining o'rtacha daromadi, yiliga 5,500,000 yena atrofida. O'rtachadan yuqoriroq bo'lish har kimnining o'zi uchun ham yaxshi. Harakat qilsa yetsa bo'ladigan daraja. Kayfiyatni tushirmaymiz :)


🚀Telegram📷 Instagram 🔵Facebook

Comments

Be the first to add a comment