This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
📌KHISO olimpiadasi yana ham kengayishiga oʻz hissangizni qoʻshing!

⚡️2020-yildan buyon matematika fanidan tashkil etilib kelinayotgan KHISO olimpiadasiga xalqaro olimpiadalarda gʻolib boʻlgan ustozlar tomonidan asos solingan.

⚡️Ushbu olimpiadada muntazam qatnashgan oʻquvchilar bilimini sinovdan oʻtkazish bilan birga yangi bilimlarni egallab, yuqori reyting ballari evaziga qimmatbaho sovgʻalar va xalqaro YOZGI MAKTAB yoʻllanmasini qoʻlga kiritishi mumkin.

📍Sizning viloyatingiz, shahringiz yoki tumaningizda ham matematika faniga boʻlgan qiziqish yuqori boʻlsa, KHISO olimpiadasini sizning hududingizda tashkil etilishiga va ilmning keng yoyilishiga oʻz hissangizni qoʻshing!

🤝Biz bilan rasmiy hamkorlik qilishni xohlasangiz, quyidagi TELEGRAM manziliga murojaat qiling: @khiso_admin

7 comments

Bekmurod
Telifondan ham ishlab yuborsa prezident maktabiga kirib ketsa bo'ladimi?
Saidova Ozoda
Tumanlarda tashkil qilinsa Juda yaxshi bòlar edi. Sababi viloyat markaziga bora olmaydigan òquvchilar bemalol qatnashgan bòlar edi
Zufarjon
Assalomu alaykum navbatdagi Khiso alimpeadasiga ingiliz tilidan savolla qushilsa yacshi bulardi
Баликчи туманида хам булса яхши булар эди
Баликчи туманида хам булса яхши булар эди
Менинг укувчиларим иштирок этяпти
Хар сафар

Шахрихонга бориш,
Андижон шахрига бориш огирлик килади да
Бизнинг туманда булиши учун, Биз кандай ёрдам бера оламиз?