Olimpiada g‘oliblari va ularning ustozlari taqdirlandi!
Xabaringiz bor, Xorazm viloyatida olimpiadalarni ommalashtirish boʻyicha tizimli ishlar olib borilmoqda. “Hokim olimpiadasi” va haftalik oflayn olimpiadalar, reyting tizimlari shular jumlasidandir.
🥇 Shanba kuni 21-yanvar va 4-fevral sanalarida oʻtkazilgan olimpiada gʻoliblari
medal va
diplomlar bilan, ustozlari tashakkurnomalar bilan taqdirlanishdi.
Yoshlar ishlari agentligi Xorazm viloyati boshqarmasi mas'uli San'at Xadjiyev va Sardor Bozorboyev gʻoliblar va ularning ustozlarini taqdirlashdi. Olimpiadalarning, umuman ta'limning nechogʻlik muhim ekanligi haqida fikrlarini bildirishdi.🖼 Taqdirlash marosimidan
fotolar facebook sahifamizda e’lon qilindi:
➡️ FOTOGALERIYA🏆 Navbatdagi olimpiada
18-fevral kuni o‘tkazilishi
rejalashtirilmoqda. Bizni kuzatishda davom eting.
Xorazm boʻyicha maxsus kanalimizga a’zo boʻling: ➡️ @khiso_khorezm