Hasankhoja Muhammad Sodiq
#qizimga
Umrim o‘tdi behuda, beo‘y,
Ehtimolki, so‘ndi yulduzim.
Kerak emas boshqa ishni qo‘y,
Qur’oningni yodlagin, qizim.
Jannatingga dalil Burhondir,
Haqdan kelgan Nuri Rahmondir.
Zo‘r quvvai hifzu Iymondir,
Qur’oningni yodlagin, qizim.¹(Niso 174)
Nafs ruhingni tutguvchi qafas,
Bu dunyoga qo‘ymagin havas.
Oyatlarni idrok etsang, bas,
Qur’oningni yodlagin, qizim.²(Niso 82)
Bo‘lganda ham bir kun Qiyomat,
O‘zgarmaydi abadul-abad.
Pokdomonlar ushlaydi faqat,
Qur’oningni yodlagin, qizim.³(Voqea 77-80)
Qur’on vahiy-indirilgan nur,
Quvvat olar har qanday shuur.
Hech ish emas bunchalar zarur,
Qur’oningni yodlagin, qizim.⁴ (Shuaro 52- 53)
Ergashaver ulug‘vorlarga,
Xudo degan xudoyorlarga.
Hidoyatmish taqvodorlarga,
Qur’oningni yodlagin, qizim.⁵(Baqara 2)
Inkor qilgan bo‘ladi kazzob,
Fosiqlarga muqarrar azob.
Qo‘lingdagi kitobing oftob,
Qur’oningni yodlagin, qizim.⁶(Oli Imron 3-4)
Sokin bo‘lar Nur insa yurak,
Ravo bo‘lar har qanday tilak.
Shu Kitobdir aziz, muborak,
Qur’oningni yodlagin, qizim.⁷ (An’om 92)
Bunday so‘zni yozolmas inson,
Unda yo‘qdir hech qanday gumon.
O‘tay desang Sirotdan omon,
Qur’oningni yodlagin, qizim.⁸(Yunus 38)
O‘qiyversang sezasan safo,
Tilovatdir eng go‘zal navo.
Har bir dardga bo‘ladi davo,
Qur’oningni yodlagin, qizim.⁹(Yunus 57)
Qur’on bizga bir bayonotdir,
Go‘zal umr, ikki hayotdir.
Oxiratda zo‘r darajotdir,
Qur’oningni yodlagin, qizim.¹(Ibrohim 52)
Kerak emas boshqa ishni qo‘y...
Comments
Be the first to add a comment