Kecha O'zbekistonni yaxshi biladigan kishi vatanimiz duch kelayotgan 3ta muammo haqida aytib berdi:
1. Qazilma boyliklar va Migrantlar yuboradigan pulga bog'liq iqtisodiy vaziyat
2. Ishlab chiqarish sohasini to'liq lokolizatsiya qilinmaganligi
3. Toshkentning juda markazlashib ketishi va viloyatlar bilan farqning kattalashishi.

Shu uchala muammolar haqida mening fikrlarim:
1. Chet elga ishga borayotgan kishlarning geografik taqsimlanishiga katta e'tibor berilyapti va oxirgi vaqtlar yevropa va rivojlangan davlatlarga imkoniyatlar ortmoqda. Lekin biz nafaqat borish, balki ishlagandan keyin qaytishni tizimli qo'llav quvvatlash, ular olgan tajribani O'zbekistonda ishlatishiga imkon yaratish, ishlangan pul faqat kundalik xarajat emas, jamg'armaga aylanib foyda olib kelishi uchun kerakli ma'lumotlar yetkazib borishimiz kerak.
2. O'zbekistonda ishlab chiqarishni qo'llab quvvatlash uchun EIZ tashkil etilyapti. Buni yanada kattaroq darajaga, xususiy va davlat sherikchiligini kengaytirish kerak. Importga tayanib qolaversak, ishlab topgan jamg'armalarimiz yana tovar importi uchun chiqib ketaveradi.
3. Ayni vaqtda viloyat va Toshkentning o'rtasidagi o'rtacha daromad 2 barobar farq qilyapti. Viloyatlarda o'rtacha oylik 400$, Toshkentda 800$. Bu jamiyatning, ijtimoiy tartibning rivojlanishiga kelajakda yangi to'siqlar olib keladi. Bunday muammo har bir davlat, Yaponiyada Tokyoning juda kattaligi, Rossiyada Moskva, Koreada Seul hamma joyda bor. Lekin biznikidek 2 barobar farq bu juda katta. Bu muammoni uzoq rejalar bilan yumshatish, hududlarda markaz shaharlarni rivojlantirish kerak bo'ladi.
🚀Telegram📷 Instagram 🔵Facebook

Comments

Be the first to add a comment