🏢 Xalq ta’limi vazirligining Fan olimpiadalari bo’yicha iqtidorli o’quvchilar bilan ishlash departamenti umumta'lim maktablarining 7-sinf o'quvchilari o'rtasida matematika 🧮 fanidan o'z bilimlarini sinab ko'rishlari uchun imkoniyat taqdim etadi.

🗓 Joriy yilning 19-iyun kuni (juma) soat 11:00 da matematika fanidan 7-sinf o'quvchilari o'rtasida ONLAYN OLIMPIADA o'tkaziladi. Olimpiada topshiriqlari 20 ta test savollaridan iborat bo’lib, bajarish uchun ishtirokchilarga 1 soat vaqt ajratiladi. ⌛️

👨🏻‍💻 Onlayn olimpiadada ishtirok etish uchun o'quvchilar olympiad.uzedu.uz ( yoki oo.uzedu.uz) saytiga o‘zlarining login va parollari yordamida belgilangan vaqtda kirishlari kerak.

📊Onlayn olimpiadadan so'ng o‘quvchilar o'z reytinglarini ko'rishlari va QR-kodli ishtirokchi sertifikatlarini yuklab olishlari mumkin bo'ladi.

Ishtirok etish uchun ro'yxatdan o'tish shart. Batafsil yo'riqnoma bilan tanishing!

👉 Kanalga ulanish

110 comments

Show 100 more comments
🌷🌷🌷🌷🌷
2-sinflar uchun ham olimpiada o‘tkazinglar
👑👑Mironshoh 004 SAA👑👑👑
Ro‘yxatdan qanday o‘tiladi
👑👑Mironshoh 004 SAA👑👑👑
Alo
🌷🌷🌷🌷🌷
Jozibador matematika nomli olimpiadani dimlomlari qachon chiqadi
БАХТИЕР МАМАТКУЛОВ
Qiyin savolar emas 1 sinflarga mos bolsin
OZODBEK TAJIBAYEV 3 v sinf
Assalom malakim mani uglim 3 sinf alimpiyadasida qatnashdi 3 urin olibdi sertifikat beriladimi qanday olamiz
Salom royxatdan qanaqa qilib òtadilar biladigan bòlsa yozivoringla
Salom barcha sinflarga alohida alohida olimpiada tashkil etilganligi uchun rahmat kelgusida shunday olimpiadalar yana tashkil etilishini kytib qolamiz
Profil chiqandan keyin nima qilish kerak 7-sinf olimpida test chiqmayaptiyu iltimos tezro yordam bervorilar
ZAFARBEK
8 sinflarga qachon bo‘ladi olimpiada