😀 Qaysi hudud o‘quvchilari eng bilimdon?

Xabaringiz bor, biz 2020-yildan buyon butun respublika miqyosida onlayn olimpiadalar o‘tkazar edik. 2021-yildan Toshkentda, 2023-yildan Xorazmda va nihoyat 2025-yildan Buxoro, Samarqand, Jizzax, Sirdaryo, Namangan, Qashqadaryo, Farg‘ona, Andijon viloyatlari va Qoraqalpog‘iston Respublikasida oflayn olimpiadalarimizni yo‘lga qo‘ydik.

😀 Nasib qilsa geografiyamiz kengaymoqda: Keyingi safardan Navoiy va Surxondaryo viloyatida ham olimpiadamiz o‘tkazilishi kutilmoqda.

O‘tgan olimpiadaga ko‘ra o‘rtacha ball bo‘yicha hududlar reytingini aniqladik. Bu ko‘rsatkich bo‘yicha bu safar ham Xorazm viloyati, Toshkent shahri va Sirdaryo viloyatlari yetakchilik qilmoqda. Navbatdagi (4-may) olimpiadalarda ham barcha ishtirokchilarga omad tilab qolamiz!

👍 Keyingi olimpiada uchun ro‘yxatdan o‘tish davom etmoqda: ➡️ t.me/khiso/4864

4 comments

Xosiyatbonu
Samarqand
Assalomu alaykum hurmatli KHISO jamoasi xodimlari.Òquvchilarni umumiy reytingini e'lon atmadngizlaqu.