Yaxshi oylik uchun ishni ortidan quvgan kishi bir umr pulni ortidan quvadi.
Yaxshi ko'rgan ishi, qiziqadigan sohasini topgan kishi, hech qachon pul uchun yaxshi maosh uchun qaror qilmaydi.
Yaxshi ko'rgan ishi bo'lmasachi? Yaxshi ko'rgan sohasi bo'lmasachi?
Demak siz qilishingiz kerak bo'lgan ish bitta. U ham bo'lsa o'zingizni o'rganish.
Inson qachon o'zini bilsa hayoti osonlashadi. O'ziga nima yoqadi nima yo'qmaydi, nima kuchli tomoni bor, nima kuchsiz. Yaxshi ko'rgan ishim bilan ko'p daromad qilaolmaymanku deysizmi? Ha albatta. Hozircha shunday. Mutaxasislikni ko'chaytirib borsangiz, daromad keyin keladi. Afsuski ko'p hollar biz o'zimizni 40-yoshdan oshib, yoki undan hatto kechroq borib tushunamiz.
Xo'sh o'zini yoshlik davrida, tezroq o'rganib olish uchun nima qilish kerak? Avvalambor, "Men o'zimni yanada yaxshiroq o'rganmoqchiman" deb o'ziga aytish. Shu haqida firklash. Undan keyin boshqasi bo'ladi.
🚀Telegram📷 Instagram 🔵Facebook