Italiyaning “Yuventus” klubi yarim himoyachilari Anxel di Mariya va Leandro Paredes Argentina terma jamoasi safida Jahon chempionati g‘olibligini qo‘lga kiritdi.
Shu tariqa tarixda Turin klubi safida faoliyat olib borayotgan vaqtida Mundial g‘olibi bo‘lgan futbolchilar soni 27 nafarga yetdi. “Yuventus” bu borada peshqadamlikni mustahkamladi.
Mazkur reytingda “Bavariya” (24) ikkinchi o‘rinda bormoqda. Agar Fransiya chempion bo‘lganida Myunxen klubi yetakchilikni tortib olgan bo‘lardi. Nemis klubi safida Fransiyaning to‘rtta nafar futbolchisi (Dayo Upamekano, Lyuka Ernandes, Benjamen Pavar va Kingsli Koman) bor edi.