Bu sherni o‘qib mazza qildim endi yodlab olmoqchiman.

Tush

Umur tushga o‘xshar uxlaysan qattiq,
Lek noxos uyg‘onib ketishing mumkin.
Lahza yasholmaysan rizqingdan ortiq,
Har on dunyoni tark etishing mumkin.

Kimdur jim uxlaydi shirin osuda,
Kimdur alahsirar bemorga o‘xshab.
Kimdur ayni shirin tush, yarim tunda,
Uyg‘onib ketadi bir lahza yashab.

Birov uyg'ongisi kelmas hech qachon,
Yana kim unitar uyqu tugashin.
Ko'p bora eslatar aslida Rahmon,
Oxir borligiyu bizni sinashin.

Umur tushga o‘xshar uxlayman qattiq,
Har onda uyg‘onib ketishim mumkin.
Qultim suv icholmam rizqimdan ortiq,
Kunim bitgan kuni o‘tishim mumkin...

2020 yil
✍️Sanjar_Sirojiddin
Bizning Telegram manzilimiz:
@postqolmadi

Comments

Be the first to add a comment