Insonlar✓#yodda_saqlang!

🤓Husnixatimiz biz haqimizda nima deydi? Grafologiya- xusnixatga qarab inson xarakterini bilish:👇

So‘zlar orasida bo‘sh kataklar ko‘p bo‘lsa, yozuv sohibi yoki sohibasi o‘zini yolg‘iz his qilyapti.

Tartibsiz yozuvlar – turmushini nazorat qila olmaslik.

Katta harflar – tartibsizlik.

Juda kichik harf (“chumoli yozuv”) – o‘ziga ishonchi past inson, ehtiyotkor, realist, lekin texnika bilan tez til topishadi.

Uzun harflar – estetika, mardlik, qobiliyat va adabiyotga mehr.

Semiz harflar – ochiqlik ramzi.

Raqamlarga o‘xshash harflar – o‘qimishli, sabrli va biroz sovuqqon.

Varoqqa siyoh ko‘p tomizilgan, yozuvida surkalgan joylari ko‘p bo‘lsa – noziktabiat, shuningdek, kutilmagan, ajoyib ishlarni bajarishga rag‘bati kuchli.

Harfdagi belgilarni tashlab yozish – yolg‘iz qolganda o‘ziga xizmat ko‘rsatolmaydi, o‘ziga nisbatan bee’tibor.

Ilgaklarni gajak bilan yozish – qarorni oson va tez qabul qiladilar. Nazoratni yaxshi ko‘radilar, qonunlarga bajonidil amal qiladilar. Shuningdek, optimist bo‘ladilar.

Yirik-yirik yozadiganlar – o‘ta iltifotli, saxiy, ko‘ngilchan va san’at shaydolari.

Ingichka yozuvlar – harakatchan, lekin birovning dardini tushunmaydigan kishilar.

Harf oralarini katta-katta ochib yozish – mablag‘ni besamar sovurishdan darak.

Ilgakni uzun tushirish – zavq-shavqqa to‘la insonlar.

Tepaga chiqqan uzun chiziqlar – hissiyotga boy kishilar.

Ilmoq uchlari o‘tkir – haqqoniylik va ochiqlik.

Xattotlar xatiga o‘xshash – fantaziya kuchliligi, yuksak qobiliyat egasi, shu bilan birga qo‘rqoq va beqaror.

Bezaklarsiz, oddiy, so‘zlar orasida bo‘sh kataklar xammasida bir xil tashlangan bo‘lsa, harflarning shakli ham deyarli bir xil –aql ustuvorligi.

Harflar bir-biri bilan bog‘langan, qo‘lcha hosil qilgan – o‘z fikrini hurmat qilish.

Yengil, ortiqcha kuch va harakatsiz – xarakteri ham yengil, hayotdan rozi, birovga quloq tutuvchi va ergashuvchi, mehribon.

Kerakmas paytda, masalan so‘z o‘rtasidagi harflarni ham kattada yozish, so‘zlar orasida ko‘p joy tashlash – quvnoq, hazillarni yoqtiradigan, sevgi va orzuga moyil, shuningdek matematik qobiliyatga ega.

O’ng tomonga og‘ishtirib yozish – faol va orzularga boy,
o‘ng tomonga juda ham ko‘p egilgan, natijada oxirgi xarflar deyarli ko‘rinmay qolgan, bir qarashda titrab yozilganga o‘xshasa – ta’sirchanlik.

Titrab yozish – talabchan, go‘zallikka mehri baland, dangal, ayni vaqtda qo‘rqoq.

To‘g‘ri qilib yozadiganlar – xarakterida qo‘rquv yo‘q.

Yozuv aniq, o‘qishga oson, harflar bir-biriga bog‘langan bo‘lsa, bu mehnatkash, ishlarni chin dildan qilish, ba’zida pessimist. Bunday odamlar gohida ochiq gapirib, qo‘pollik ham qilib qo‘yadilar.

Chap tomonga og‘ishtirib yozish – erkin emaslik, doimiy xarakteri yo‘q, aniq qadamni qo‘ya olmaydi.

Kichik varoqqa ko‘p narsa sig‘dirish (tejamkor usul) – buning iqtisodga dahli yo‘q. Aynan shunday yozadiganlarga o‘zboshimchalik yot bo‘ladi.

Tez va chiroyga kam e’tibor berib yozish – bu odamning ishi yozishni ko‘p taqozo qiladi va u ko‘p vaqtlarda biror joydan ko‘chirib emas, o‘zi o‘ylab, ichidan to‘qib yozadi

Ulanish: @POSTQOLMADI 🔍

Comments

Be the first to add a comment