This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Yana OTM mansabdori va oʻqituvchisi pora bilan qoʻlga tushdi

DXXning ma’lum qilishicha:

Andijon davlat universiteti xodimi yuqori lavozimlarda ishlovchi tanishlari orqali fuqaroni mazkur oliy o‘quv yurtining “Biologiya” yo‘nalishining sirtqi bo‘limiga o‘qishga kiritib qo‘yish evaziga 4 ming AQSH dollari olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlandi.

Chirchiq davlat pedagogika universiteti bo‘lim boshlig‘i ikki nafar fuqaroning Rossiya oliy o‘quv yurtidagi o‘qishini o‘zi faoliyat yuritayotgan universitetga ko‘chirib berish va ikki nafar fuqaroga ingliz tilini bilish bo‘yicha xalqaro sertifikat olib berish evaziga 10 100 AQSH dollari olgan vaqtida ushlandi.

Boshqa holatda esa Chirchiq davlat pedagogika universiteti o‘qituvchisi fuqaroni ushbu oliy o‘quv yurtining maktabgacha va boshlang‘ich ta’limda jismoniy tarbiya yo‘nalishiga o‘qishga kiritib qo‘yish evaziga 3 ming AQSH dollari olgan vaqtida ushlandi.

Safimizga qoʻshiling 👇
https://t.me/+ZH5DcTY67FBlOGYy
https://t.me/+ZH5DcTY67FBlOGYy

Comments

Be the first to add a comment