♾ Yana Hindlar va yana ta'limga investitsiya haqida

Hindlar deyarli barcha yirik IT kompaniyalarda rahbarlik lavozimlariga o‘tkazilmoqda, buning bir necha sabablari bor.

1️⃣ Hindlar qiyin sharoitdan faqat bilim bilan chiqib ketish mumkinligini tushunib yetishdi.

2️⃣ Tekin ta'lim quruq safsata ekanligini tushunib yetishdi, ota-onalar oxirgi pullarini sarflab bo‘lsa ham bolalarini o‘qitishga tikishdi va tikishmoqda.

3️⃣ Maqsadlar katta olindi, faqat Hindiston ichida emas, butun dunyoga yetuk mutaxassis chiqarish asosiy maqsad qilib qo‘yildi.

4️⃣ Bolalarga yoshligidan qanday qilib chet el grantlari yutish mumkin, qaysi yo‘llar eng qulay yo‘llar ekanligi o‘rgatib borildi, hozir hindlarning birinchi sinfda o‘qiyotgan bolasi ham kelajakda Amerikaning qaysi universitetiga grant yutish mumkinligi to‘g‘risida o‘ylaydi.

5️⃣ Faqatgina ta'lim berib qolmay, bolalar erta yoshdan o‘z bilimlarini sotishni o‘rganib borishdi, ular darslarda turli prezentasiya va soft skillar orqali o‘z bilim va ko‘nikmalarini boshqalarga namoyon qilishni o‘rganib borishdi.

✅ NATIJA:

1. Satya Nadella - Microsoft rahbari.
2. Sundar Pichay - Alphabet (Google) rahbari
3. Shantanu Naraen - Adobe rahbari
4. Arvind Krishna - IBM rahbari
5. Sanjay Mixrotra - Micron rahbari
6. Nikesh Arora - Palo Alto Networks rahbari
7. Rangaraj Ragxuram - VMware rahbari
9. Jayshri Ullal - Arista Networks rahbari
10. Parag Agvaral - Twitter rahbari
11. Revatxi Advaitxi - Flex rahbari
............

🔟 Eng maqbul sarmoya - bu farzand kelajagiga sarflangan sarmoyadir!

➡️ @bazarbaevs

Comments

Be the first to add a comment