​Cherchill qadah so‘zi aytganida shunday der edi:

“Men sizlarga sog‘lik yoki boylik emas, balki faqat omad tilashni afzal ko‘raman!
Axir Titanik yo‘lovchilarining aksariyati ham sog‘lom, ham boy bo‘lgan, ammo ularning juda ozchiligi omadli bo‘lgan".

Bir yirik kompaniya rahbarlaridan biri birinchi marta o‘g‘lini bolalar bog‘chasiga olib borgani uchun, Nyu-Yorkda 11 sentyabrda sodir bo‘lgan terrorchilar hujumidan omon qolgan.
Boshqa bir yigit esa shirinlik sotib olish uchun navbatda ushlanib qolgani uchun omon qolgan.
Bir ayol budilnigi vaqtida jiringlamagani uchun ishga kech qolib, omon qolgan.
Kimdir Nyu-Jersi shossesidagi tirbandlikka qolib ketib, kechikkan.
Biri avtobusiga kech qolgan.
Bir ayolning kiyimiga qahva to‘kilib ketgani uchun, kiyimini almashtirishiga vaqt ketgan.
Kimningdir mashinasi o‘t olmagan, kimdir jiringlab qolgan telefonga javob berish uchun qaytib kirgan.
Birining bolasi injiqlik qilib vaqtida tayyor bo‘lmagan.
Biri vaqtida taksi tuta olmagan.
Menda katta taassurot uyg‘otgan voqealardan biri esa, o‘sha kuni ertalab bir kishi yangi oyoq kiyim kiygan bo‘lgan va jamoat transportiga yetib borguniga qadar tufli oyog‘ini urib tashlagan. Shuning uchun u dorixonadan leykoplaster olish uchun to‘xtagan! Aynan mana shuning uchun ham u hozir tirik.
Endi tirbandlikda qolsam, liftga ulgurmay qolsam, bemavrid telefon jiringlab qolsa... Umuman menga noqulaylik tug‘dirayotgandek ko‘rinayotgan mayda-chuydalar sodir bo‘lganida, men o‘zim haqimda o‘ylay boshlayman. Men aynan hozir shu ish bilan shug‘ullanishimni va shu yerda bo‘lishimni Xudo xohladi deb fikrlayman.
Keyingi safar, kuningiz rejadagidek bo‘lmayotgandek tuyulsa, bolalaringiz sekin kiyinayotgan bo‘lsa, kalitingizni topa olmayotgan bo‘lsangiz, har bir svetoforda qizil yonib qolaversa, asabiylashmang! Bu sizning omadingiz bo‘lishi mumkin!

Uinston Cherchill - XX asrning eng mashhur siymolaridan biri, Buyuk Britaniya bosh vaziri bo‘lgan.
Adiblar kutubxonasi

Comments

Be the first to add a comment