YKO birinchi bosqichini 2 marta o'tkazib oldik. Natijalar e'lon qilingandi. Quyida shu o'tkazilgan olimpiadalarga ko'ra YKO ning 2-bosqichiga yo'l olganlarning umumiy ro'yhatini e'lon qilmoqchimiz. YKO ning 2-bosqichi yozma ish ko'rinishida joriy yilning aprel oyida o'tishi rejalashtirilgan. Aynan quyida ism-shariflari e'lon qilinadigan o'quvchilarning ishlari tekshiriladi va ular orasidan g'oliblar aniqlanadi. Ammo barcha xohlovchilar o'z bilimini sinab ko'rishi mumkin: biz masalarni olimpiada kuni kanalda post qilamiz. Ungacha esa 1-bosqich testlari ishlanishini video tarzida sizlarga namoyish etish niyatidamiz.