“Behalovat avlod”ni hali o‘qishga ulgurmadingizmi?

Agar shunday bo‘lsa, qizib borayotgan global muhokamadan chetda qolyapsiz.

Yevropa Komissiyasi bolalarni internetdagi xavflardan himoya qilishga qaratilgan yangi “EU Kids Act” loyihasini taqdim etdi. Taklifga ko‘ra, 13 yoshgacha bo‘lgan bolalar ijtimoiy tarmoqlardan foydalana olmaydi, 13–15 yoshdagilar esa ota-ona nazorati ostida foydalanishi kerak bo‘ladi.

Yangi qoidalar Facebook, Instagram yoki TikTok bilan cheklanmaydi. Video platformalar, onlayn o‘yinlar va bolalar foydalanadigan SI chatbotlar ham tartibga solinadi.

Platformalarga qo‘yilayotgan talablarga qarang:

- bolalar uchun qaramlikni kuchaytiruvchi funksiyalarni cheklash;
- cheksiz scrolling va foydalanuvchini doimiy platformada ushlab turishga qaratilgan mexanizmlarni taqiqlash;
- bolaning profiliga qarab ishlaydigan tavsiya algoritmlarini cheklash;
- begona odamlarning bolalar bilan aloqasi oldini olish;
- ota-onalar uchun qulay nazorat vositalarini yaratish;
- foydalanuvchi yoshini tekshirishning samarali usullarini yo‘lga qo‘yish.

Bu talablar “Behalovat avlod”da ilgari surilgan takliflardan ayrimlari, xolos.

Talablarni buzgan kompaniyalarga global yillik daromadining 6 foizigacha jarima solinishi mumkin.

Bu faqat Yevropa Ittifoqiga xos tashabbus emas.

Shunga o‘xshash choralar yoki tashabbuslar Avstraliya, Buyuk Britaniya, Xitoy, Hindiston, Turkiya va Yevropa Ittifoqining bir qator davlatlarida ham paydo bo‘lmoqda.

👉🏻 Kitobni bu do‘konlardan topishingiz mumkin.

#jonathan_haidt #anxious_generation #behalovat_avlod #raqamliavlod

Facebook | Instagram | X

Comments

Be the first to add a comment