Yaqinda 3-4 yil oldin òqigan, ammo hanuzgacha kelib xabar olib turadigan bir shogirdim jiddiy mavzuda, ya'ni UYLANISH masalasida maslahat sòrab kelib qoldi. Qanday qiz tanlash kerakligi haqida ikkilanayotgan ekan. Unga aytgan ba'zi tavsiyalarimni sizlarga ham ulashdim, balki manfaatli bòlar:
Faqatgina toʼshakni oʼylab uylanma! Chunki hayvoniy hirslaring toʼyishi bilan ayolingdan ham zerikasan.
Oilang boʼlishi uchun uylan. Kecha-yu kunduz sening yaxshi kuningda ham, yomon kuningda ham hamroh topish uchun uylan. Qadriyat, din, yaxshi ishlarda maslahatdosh topish uchun uylan.
Suhbatida zerikmaslik uchun, qat'iyatingda senga sherik, adashganingda senga muxolif fikr bera oladigan ayolga uylan.
Sening moddiy ahvoling uni qiziqtirmaydigan, balki sening aqling, qalbing va fikrlashingga qiziqadigan ayolga uylan.
Sening orzularingga sherik boʼladigan va ularni roʼyobga chiqarishda senga yordamchi boʼladigan ayolga uylan. Barcha orzularingni chippakka chiqaradigan, yoshligingni zoe qiladiganga emas.
Hatto senga ertalab ishga ketayotganingda oyoģingga paypoģiingni kiydirib qòyishni òziga or deb biladiganga emas. Seni xohishing uchun emas, balki Allohning roziligi uchun ham senga itoat qiliadiganga,unga qaraganingda kòzing quvnaydiganiga uylan.

Hammasidan oldin uylanishga boʼlgan nazaringni oʼzgartir. Sen buyuk Sunnat ish ustida ekanligingni, buni ortidan rizqingga, hayotinga baraka va farovonlik kirib kelishiga ishonching komil bòlsin. Shunda bu ishdan asl maqsadga erishasan, saodatga ham. Lekin istihora namozini òqib qòyishni ham esdan chiqarma.....

8 comments

Kattakon rahmat anchayin manfaatli bo'ldi
Rahmat Alloh rozi boʻlsin 🤲
Sanjar Pardayev
Rahmat Ustoz Alloh rozi boʻlsin
Rahmat ustoz Alloh rozi bo'lsin!
G'oyatda foydali va kerakli maslahatlaringiz uchun rahmat. Alloh rozi bo'lsin. Ilmingiz bundanda ziyoda bo'lsin🤲
👍👍👍👍
Azizaxon Nasriddinova
احب في لله
Rahmat aka.

P/s: Telegramni o'zini comment funksiyasi bor, shundan foydalansangiz commentga kirish va yozish ancha oson bo'lardi