Ota-onalar bilan uchrashsam ham, umuman har safar takrorlayman. Olimpiadalarimizdan oladigan eng katta foydangiz medal, diplom, BILIM bo‘lishi kerak.
Hozir soat 23:29. Biz 3-noyabrdagi olimpiada savollarining videolarini tayyorlayapmiz. Maqsadimiz - har bir ishtirokchi olimpiadadan keyin savollar tahlilini o‘rgansin va bilimlarini oshirsin. Lekin statistika quvonarli emas. Mana masalan so‘nggi olimpiada (2 hafta bo‘ldi) ishtirokchilarga berilgan savollar kitobchasidagi video yechimlar uchun QR kodlar bor yo‘g‘i 36 marta (eng ko‘pi) ko‘rilibdi. Shunda qolgan ishtirokchilar shunchaki qatnashganmi?
Bilimdon uka-singillarim!
Video yechimlar siz uchun qilinmoqda. Siz o‘rgansangizda o‘rganmasangizda bizga foyda zarari yo‘q. Bu faqatgina sizga foydali. Xulosa o‘zingizda. Muvaffaqiyat boshqalardan ko‘ra ko‘proq mehnat qilganlarniki. Har qanday bilimning onasi bu takrorlash!
Assalomu alaykum yahshimisiz ustoz juda togri fikr olimpiadaga qatnashishdan asosiy maqsad oz bilim konikma malakalarini oshirishdan iborat.Ustoz sizga va tashkilotchilarga kattakon rahmat ilohim Xorazm viloyati yoshlari hamisha oldingi o'rinlarda yurishsin.
Assalomu alaykum. Qatnashgan kuni kitob olinsa olimpiadaga toʻlangan pul kitobga oʻtkaziladi. Oyda 2 martagina boʻladi. Bundan boshqa maishiy narsalarga undan bir necha marta koʻp pul ishlatadi xalqimiz. Ta’lim muhimligini tushunish kerak xolos