📖 MUTOLA VAQTI 📖

QONNING KIMYOVIY TARKIBI.

Qon plazmasi.
📌 Katta yoshli odam organizmida 5 litrga yaqin qon bo'ladi. ✅
📌 Qon suyuq biriktiruvchi to!qima bo'lib, uning asosiy qismini qon plazmasi tashkil etadi. ✅
📌 Plazmada shaklli elementlar, ya’ni qon hujayralari - trombotsitlar, eritrotsitlar va leykotsitlar joylashgan. ✅
📌 Qon plazmasining 90 % ini suv, qolgan qismini unda erigan organik moddalar: oqsil, yog1, karbonsuv va mineral tuzlar tashkil etadi. ✅
📌 Organik moddaning asosiy qismi (7%) oqsildan iborat. ✅
📌 Qon hujayralari suyaklarning g'ovak moddasi - qizil ilikdahosil bo'ladi. ✅
📌 Katta yoshdagi odamlarda bu modda 1500 g ga yetadi. ✅
📌 Qonning shaklli elementlari limfa tugunlari va bodomcha bezida ham hosil bo'ladi. ✅

Trombotsitlar, ya’ni qon plastinkalari.
📌 qonning yadrosiz hujayralari. Dumaloq oval shaklda, diametri 3 4 ткш ga teng. ✅
📌 Suyaklar ko‘migi va taloqda hosil bo'lib, 2-5 kun yashaydi. ✅
📌 1 mm3 qonda 300-400 ming trombotsitlar bor. ✅

Qonning ivishi.
📌 Qonning ivishi trombotsitlar tarkibiga kiradigan tromboplastin oqsili bilan bog'liq. ✅
📌 Qon tomirlari shikastlanganda jarohatdan oqayotgan qon ivib, qon laxtasi - tromb hosil qiladi. ✅
📌 Tromb shikastlangan joyni to‘sib, qon oqishini to‘xtatadi. ✅
📌 Qonning ivishi qon plazmasidagi fibrinogen oqsiliga bog‘liq. ✅
📌 Qon tomirlari jarohatlanganida trombotsitlar yorilib, ulardagi tromboplastin fermenti qon plazmasiga chiqadi. ✅
📌 Ferment qon plazmasidagi protrombin fermentini trombinga aylantiradi. ✅
📌 Trombin ta’sirida qon plazmasida erigan fibrinogen oqsilini erimaydigan fibringa aylantiradi. ✅
📌 Fibrin tolalari qon tomirining jarohatlangan joyini to‘rga o'xshab qoplab oladi. Qon hujayralari fibrin tolalari orasiga tiqilib qolib, tromb hosil boiishini tezlashtiradi.
3-4 minut davomida qon laxtasi sekin- asta quyuqlashib, jarohatlangan joyini yopadi va qon ketishini to‘xtatadi. ✅
📌 Qonning ivishi qon plazmasidagi kalsiy tuzlari va boshqa o‘nga yaqin omillar ishtirokida boradi. Agar kalsiy qondan chiqarib tashlansa, qon ivimaydi. ✅
📌 Odatda, qon tomirlarida ham kam miqdorda fibrin hosil bo‘lib turadi. Lekin ayrim biologik faol moddalar, masalan, jigar ishlab chiqaradigan geparin qonning tomirlarda ivishiga to‘sqinlik qiladi. Zuluklarning so‘lak bezi ishlab chiqaradigan girudin moddasi ham shunday ta’sir ko‘rsatadi. Qon ivishining oldini oluvchi moddalar qon so‘ruvchi hasharotlar solagida ham aniqlangan. Qon tarkibida qon ivishini ta’minlaydigan omillarning bo'lmasligi, ya’ni qon ivimasligi -gemofiliya gen bilan bog‘liq irsiylanadigan og‘ir kasallik. ✅
📌 Gemofiliya bilan og‘rigan bemor qoni ivimasligi tufayli, qon tomirlari kuchsiz jarohatlanganida ham ko‘p qon yo‘qotishdan halok bolishi mumkin. ✅

Kanalimiz manzili
🔻🔻🔻🔻🔻🔻
@Biology_prof
@Biology_prof

Comments

Be the first to add a comment