Qur’onda o‘zgarmas azaliy hukm, Bo‘lmagay yahudlar bizga aslo do‘st. Jonim ming bo‘lakka bo‘lindi bugun, Yana bir fitnaning qurboni Quddus. Yaxshiyam, yer chidar, ketmas yorilib, Qiyomat tuyular juda olisda. Biz hali yuribmiz xayollar surib, Nimalar bo‘lmoqda Baytul Maqdisda. O‘yladim, bo‘lsalar Sarvari Olam, Muslimlar ilkidan ketmasdi zafar. Masjidul Haromdan Aqso tomonga Shu on qilardilar yana bir safar. O‘zlari bosh bo‘lib ushbu savdoning Yechimin topsalar bo‘lar edi soz. Necha payg‘ambarlar Isro tunidek, Bu tarqoq ummatla o‘qisa namoz. Biz qachon tosh otdik g‘ayridinlarga, Sindirgan emasdik birorta xochni. Masjidul Aqso bilan bir vaqtda Boy berib qo‘ydikmi nahot Me’rojni?! “Mudofa etamiz o‘zimiz uni” Qur’on kafil bo‘lgan ushbu so‘zlarga. Ka’bani holimiz bilgani uchun Alloh ishonmagan ekan bizlarga!... Yuragim Aqsodek omonat bugun...