🏆 Shogirdlarim yana bir bor yurtimiz bayrog‘ini baland ko‘tardi! 🇺🇿✨Buxoro shahrida bo‘lib o‘tayotgan OTM talabalari o‘rtasidagi xalqaro matematika olimpiadasida shogirdlarim:
🥇 Ahadov Abdushukur — oltin medal
🥈 Abdullayev Salimxo‘ja — kumush medalnatijalarini qo‘lga kiritishdi!
Ular ushbu olimpiadada
TIFT universiteti talabalari sifatida ishtirok etishdi.
Ammo bu hali hammasi emas. Jamoaviy hisobda ham mutlaq g‘alaba qozonib,
🏆 SUPERKUBOK sohibiga aylanishdi!
Eslatib o‘tamiz, ular yaqinda Rossiyada bo‘lib o‘tgan
🇷🇺 RUDN Math Olymp – 2025 musobaqasida ham
🥇oltin va
🥈 kumush medallarni qo‘lga kiritgan edi.
Bu yutuqlar — mehnat, ishonch va to‘g‘ri yo‘lning mevasi!
💪📚Shu o‘rinda
TIFT universiteti ta’sischisi
Azizbek Xotamovichga iqtidorli yoshlarni qo‘llab-quvvatlash, matematika loyihalarini rivojlantirish va yoshlar kelajagiga bo‘lgan katta e’tibori uchun chuqur minnatdorlik bildiraman!
🙏🎓 Ma’lumot uchun, TIFT - matematika yoʻnalishi bakalavr va magistrda ham mavjud boʻlgan yagona nodavlat universitet hisoblanadi.
👏 Tabriklaymiz chempionlarimizni!