⚡️ MUROJAAT, BU MUHIM!

15-mart
kuni GOOGLE AdMob xizmati tomonidan reklama orqali tanga olish 1 oyga ta'qiqlangani haqida xabar bergan edik. 15-aprelda qayta ishga tushdi, lekin yana ta'qiq qo‘yilishini bilganimiz uchun bu haqida e'lon qilmadik.

Sababi o‘tgan yildan buyon bu muammo bizga juda tanish. CLICK orqali tanga ololmaydigan (yoki olishni xohlamaydigan) foydalanuvchilar uchun shu imkoniyat yaratilgan edi. Lekin aynan shu foydalanuvchilarni ba'zilar spam bosgani uchun bir necha marta ta'qiq qo‘yilgan edi. Ilojsizlikdan ilovani playmarketga qaytadan joylashtirdik. Shunday bo‘lishiga qaramasdan bu hol takrorlandi. Afsuski, oramizda yo farzandi ta'limiga sarmoya ajratmaydigan, yoki yaratilgan imkoniyatni ham yo‘qqa chiqaruvchilar bor.

Bitta narsaga e‘tibor qarating. Ko‘plab platformalar, mobil ilovalar siz xohlamasangiz ham reklama namoyish qiladi. Sababi shundan daromad oladi. Har qanday ilova ishlashda davom etishi uchun o‘zining xarajatlari mavjud. Bizning ilova esa "imkoning bo‘lsa sotib ol, imkoning bo‘lmasa majburiy bo‘lmagan reklama ko‘r" qoidasi bilan ishga tushirilgan edi. Sizni hech kim reklama ko‘rishga majbur qilmagan edi.

Hozir dasturchilar bilan alternativ yechim izlayapmiz. Bunga vaqt ketadi. Biz loyiha davomiy ishlashini xohlaymiz. Loyihadan moddiy manfaat ko‘zlanmagan.

P.S:
Bir oy har kuni tinimsiz 3 ta fandan test yechgan taqdiringizda ham jami 45.000 so‘m sarflanadi. Bu degani matematika, ingliz tili, IQ TEST, rus tili va boshqa fanlardan bir oy davomida 450 ta test yechish degani. Muvaffaqiyatning asosiy ustuni muntazam mehnat. Ilovamizning ham o‘ziga xosligi har kuni muntazam ravishda test yechish. Ilmdan o‘zga najot yo‘qligini his qilgan ota-onalar kelajak uchun, bilim uchun bu arzimagan pul ekanligini tushunishadi. Buni tushunmaydiganlar esa oldin ham topilgan, bundan keyin ham topiladi. Daromadini 90% ini farzandi ta'limiga ajratganidan dunyoning eng kuchli kompaniyalarining direktorlari hindlar ekanligi haqida post qo‘ygan edim. Qachon biz rivojlanamiz degan savolni bermasdan, farzand ta'limiga sarmoya kiritish boshlashimiz kerak. Davlatimizni begonalar emas, aynan shu farzandlarimiz rivojlantiradi.

4 comments

ассалому алайкум фарзандимиз мунтазам аклини чархлаб туриши учун бу арзимаган маблаг деб хисоблайман мухими давомли булсин.(кечаги математика олимпиадасини ечимларини ташлаб куйинглар илтимос)
Assalomu alaykum man pul o'tkazgandim lekin xalixam balans da ko'rinmadi, - 1000 o'zgarish bo'lmadi