🔥 Xushxabar: Xorijdan o'qishini ko'chirayotgan talabalar diqqatiga!

Manbalarimizga ko'ra, ko'p sonli talabalar va ularning ota-onalarining murojaatlarini inobatga olgan holda, vazirlik tomonidan my.dtm.uz sayti orqali ro'yxatdan o'tgan biroq kamchiliklar sababli rad etilgan arizalarni tahrirlashga ulgurmagan talabalar uchun 13-14-avgust kunlari arizani tahrirlash imkoniyati ochib berildi. Arizasi rad etilgan talabalar tahrirlab qaytadan yuborishlari mumkin.

Bundan tashqari, to'lov qilishga ulgurmagan talabalar uchun so'nggi muddat 15-avgust 23:59 gacha etib belgilandi. Barcha talabalar bunday imkoniyatdan foydalanib qoling va ushbu xabarni to'lov qilishga ulgurmagan yaqinlaringizga yuboring.

Menimcha vazirlik bundan ortiq imkoniyat qilib bermasa ham kerak👏

@Talabalar_Va_Talim

Comments

Be the first to add a comment