This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🏆 Taqdirlash marosimi va taqdimot oʻtkazild!

Xabaringiz bor, Xorazm viloyatida olimpiadalarni ommalashtirish boʻyicha tizimli ishlar olib borilmoqda. “Hokim olimpiadasi” va haftalik oflayn olimpiadalar, reyting tizimlari shular jumlasidandir.

🥇 1-dekabr kuni oʻtkazilgan olimpiadada gʻolib bo‘lgan o‘quvchilar medal va diplomlar bilan taqdirlanishdi. Shuningdek, “Matematika va muvaffaqiyat” mavzusida taqdimot oʻtkazildi. Faol qatnashganlarga muallif imzosi bilan kitoblar sovgʻa qilindi.

🥇 Eslatib o‘tamiz, g‘olib va yuqori natijali o‘quvchilar "Yozgi maktab-2025" da bepul qatnashish yo‘llanmasini ham olishlari mumkin. Buning uchun muntazam ravishda reyting ballarini oshirib borishi kerak.

🏆 Keyingi (yilning eng soʻnggi) reytingli oflayn olimpiadasi yakshanba kuni (15-dekabrda) o‘tkaziladi. Batafsil: ➡️ t.me/khiso_khorezm/832

🤝 Loyihamizni qoʻllab kelayotgan Xorazm viloyati maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasiga minnatdorchilik bildiramiz!

📷 Tadbirdan olingan fotolar facebook sahifamizga joylandi: ➡️ FOTOGALERIYA

Xorazm boʻyicha maxsus kanalimizga a’zo boʻling: ➡️ @khiso_khorezm

Comments

Be the first to add a comment