2021-yilning eng yaxshi oʻquvchilariga maxsus statuetka, diplom, kitoblar va bayram sovgʻalari joʻnatildi!

Hurmatli ota-onalar!

Kundan kunga hayotimizning o‘zi isbotlab qo‘ymoqdaki, ilmdan o‘zga najot yo‘q. Bu haqida ming yillar oldin buyuk ajdodimiz, hadis ilmining sultoni Imom Al Buxoriy hazratlari bejizga “Ilmdan o‘zga najot yo‘q va bo‘lmagay” demaganlar. Prezidentimiz ham takror takror aytadilar “Eng yaxshi investitsiya - bu farzand ta’limiga tikilganidir”. Farzandingiz ta’limidan vaqtingizni va e’tiboringizni ayamang!

Aziz oʻquvchilar! Mening qadrli ukajon-u singiljonlarim!

Yangi yil bu qaysidir ma’noda inson oʻz oʻzi bilan hisoblashadigan fursat. Men har safar oʻzimga “Ushbu yilda nimalarga erishdim-u, nimalarga erishishim kerak” degan savol qoʻyaman. Siz ham yangi yilda faqat katta maqsad qoʻying! Mehnatdan qochmang. Mening shiorim “Qilib boʻlmas ish yoʻq, qilib koʻrilmagan ishlar bor”. Hammasi sizning qoʻlingizda, uddalay olishingizga men ishonaman!

Hurmat bilan Bozorboyev Sardor!

13 comments

Show 3 more comments
Abdurakhim Abdupattakhov
Nechchinchi sinflar oldi? Bizga hatto etushmaganidiyam, yana hokim stipendiyasi digan gaplayam boridi! Nima hammasi quruq gapmidi?!!
Hurmatli Abdurahim Abdupattahov hokim stipendiyasini Hokimlar biladida. Yuqorida ko‘k yozuv ustiga bossangiz nechanchi sinflar olgani yaqqol ko‘rinib turibdi. Salgina etiborli bo‘ling
Abdurakhim Abdupattakhov
Nechchinchi sinflar oldi? Bizga hatto etushmaganidiyam, yana hokim stipendiyasi digan gaplayam boridi! Nima hammasi quruq gapmidi?!!
🤦🏻‍♂️Doʻstim Alloh taolo insonni boshqa jonzotlardan farqli qilish uchun farosat, aql bergan. Ishlatilmasa yaroqsiz holga keladi. Sizni oʻylagan holda ishlatishingizni maslahat beraman.
Kurbonov Marks
6-sinflar ham ingliz tilidan qatnashsa bo'ladimi
Iloyim bizga ham nasib etsin, ilmli, ziyoli, fidoyi inson bòlish, aytganingiz kelsin
Sardorbek barcha qilayotgan ishlaringiz uchun Allohim oʻz ajr savoblaridan bersin ilohim. Sizga havas qilaman.
Kimlar olishdi bizlar ham bormi🙈🙈🙈🙈
Ajoyib;)
Q. MATLUBA NUSRATOVNA
Biz yaqinda "KUN TESTI" ilovasini yuklab olgandik. Juda ajoyib. Yutuqlar bilan tabriklaymiz! Bundan keyingi ishlaringizga omad tilaymiz!! Barchangizga sog‘ omon bo‘lingizlar.
Hayot Salayevna Urazbayeva
Ғолибларни табриклаймиз, ҳавас қилдик, бизларга ҳам насиб қилсин.
Сардорбек ишларингизга омад.
Tumarisa Joldasbaeva
Assalomu alaykum hurmatli ustoz! Meni qizim 1-sinf edi. KUN TESTI da 1-sinflar ham qatnashsa bóladimi? Qanday qatnashtirsam bóladi? Javob uchun raxmat