#foydali_ma'lumotlar
❓Grippga qarshi vaksina Covid-19 dan himoya qiladimi?
Gripp vaksinasi Covid-19 dan himoya qilmaydi.
❓Xo‘sh unda uni nega olish kerak?
Tibbiyotda miks infeksiya degan tushuncha bor. Ya’ni bu ikki yoki undan ortiq infeksiyaning bir kelishidir. Kuz-qish mavsumi o‘tkir respirator virusli infeksiya mavsumi hisoblanadi. Shular ichida eng ko‘p uchraydigani grippdir. Gripp va Covid-19 ning birga kelishi, kasallikni og‘ir va asoratli o‘tishiga sabab bo‘lishi mumkin. Shuning uchun grippga qarshi vaksina olish tavsiya etilyapti.
O‘sha mashhur gripp vaksinasi - Inflyuvak, bahorda dorixonalarda 70-75 ming atrofida sotilayotgan edi. Hozir 180 mingga chiqibdi va topish amri mahol bo‘lib qoldi.
Ogoh bo‘ling! Har qanday infeksiyadan o‘zingizni asrang!
Kanalimiz manzil
🔻🔻🔻🔻🔻🔻@Biology_prof@Biology_prof