📌 Bugun xalqimizning eng ulug‘ qadriyatlaridan biri — O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganiga 33 yil to‘ldi. 1992-yil 8-dekabr yurtimiz tarixida "O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilingan kun" sifatida muhim o‘rin egallaydi.
📖 Adolat, tenglik va huquqiy davlat sari yo‘limiz mana shu qomusda belgilangan. Yurtimiz ravnaqi va farovonligi uchun xizmat qiladigan qonun ustuvorligiga sadoqat — barchamizning mas’uliyatimizdir.💫
✨Bugun — nafaqat tarixiy sana, balki kelajak avlodlarga mustahkam poydevor bo‘lgan qomusimizni qadrlash, hurmat qilish va uni hayotga tatbiq etish kunidir.