Umumiy oʻrta taʼlim muassasalarida yakuniy davlat attestatsiyasi oʻtkazish tartibi tasdiqlandi✅ Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirining 2024-yil 20-martdagi tegishli buyrugʻi bilan:➖umumiy oʻrta taʼlim muassasalarida yakuniy davlat attestatsiyasi oʻtkaziladigan fanlar roʻyxati va imtihon oʻtkazish shakllari;
➖xorijiy tillarni bilish darajasini baholovchi xalqaro tan olingan sertifikatlar roʻyxati tasdiqlandi.
❗️Unga koʻra, 9-sinf oʻquvchilarining yakuniy davlat attestatsiyasi:
➖Ona tili va adabiyoti fanidan — yozma;
➖Davlat tili (
taʼlim tili oʻzbek tili boʻlmagan sinflar uchun)dan — yozma;
➖Matematika fanidan — yozma;
➖Oʻzbekiston tarixi fanidan — yozma/ogʻzaki;
➖Jismoniy tarbiya fanidan — amaliy shaklda oʻtkaziladi.
❗️11-sinf oʻquvchilarining yakuniy davlat attestatsiyasi:
➖Ona tili va adabiyoti fanidan — yozma (insho);
➖Matematika fanidan — yozma;
➖Davlat
tili (
taʼlim oʻzbek tilida olib borilmaydigan umumiy oʻrta taʼlim muassasalari uchun, taʼlim muassasasi tanlovi asosida)dan — yozma va ogʻzaki;
➖Chet tili fanidan — yozma/ogʻzaki;
➖Oʻzbekiston tarixi fanidan — yozma/ogʻzaki;
➖(Oʻquvchining tanlovi boʻyicha) Kimyo, Fizika, Davlat huquq asoslari, Geografiya fanlaridan — yozma shaklda oʻtkaziladi.
👇https://t.me/+ZH5DcTY67FBlOGYyhttps://t.me/+ZH5DcTY67FBlOGYy