#xalqaro_olimpiada #международные_олимпиады #update
COVID-19 pandemiyasi tufayli 2020 yilda O’zbekiston terma jamoalari ishtirok etishi rejalashtirilgan xalqaro fan olimpiadalari bo'yicha so'nggi ma'lumot
(2020 yil 28 may holatiga ko’ra)
O’zbekiston terma jamoalari (
2019 yil 3 maydagi PQ-4306ga muvofiq) ishtirok etadigan xalqaro fan olimpiadalari:
1. Xalqaro matematika olimpiadasi (IMO) – 2020 yilning 8-18 iyul kunlari Rossiya davlatining Sankt-Peterburg shahrida o’tkazilishi rejalashtirilgan olimpiada,
2020 yilning 16-26 sentabriga ko’chirildi.
2. Xalqaro kimyo olimpiadasi (ICHO) – 2020 yilning 6-15 iyul kunlari Turkiya davlatining Istanbul shahrida o’tkazilishi rejalashtirilgan olimpiada joriy yilning
25 iyul kuni masofaviy tarzdagi nazariy imtihon ko'rinishida o’tkaziladi.
3. Xalqaro biologiya olimpiadasi (IBO) – 2020 yilning 3-11 iyul kunlari Yaponiyaning Nagasaki shahrida o’tkazilishi rejalashtirilgan olimpiada
bekor qilinib, yapon tashkiliy qo'mitasi
11-12 avgust kunlari masofaviy tarzda muqobil IBO 2020 Challenge musobaqasini o’tkazadi.
4. Xalqaro fizika olimpiadasi (IPHO) – 2020 yilning 18-26 iyul kunlari Litva davlatining Vilnyus shahrida o’tkazilishi rejalashtirilgan olimpiada
bekor qilinib,
shu davlatning o'zida 2021 yilda o'tkazilishi belgilandi.
5. Xalqaro informatika olimpiadasi (IOI) – 2020 yilning 19-26 iyul kunlari Singapurda o’tkazilishi rejalashtirilgan olimpiada,
masofaviy o'tkazilishi belgilandi.
O’zbekiston ishtiroki rejalashtirilgan boshqa xalqaro fan olimpiadalari:
1. Xalqaro Mendeleev olimpiadasi – 2020 yilning 20-27 aprel kunlari Vengriyaning Budapesht shahrida o’tkazilishi rejalashtirilgan olimpiadani boshqa sanaga ko'chirish belgilandi.
2. Xalqaro matematika musobaqasi – 2020 yilning 4-8 iyul kunlari Indoneziyaning Bagor shahrida o’tkazilishi rejalashtirilgan musobaqa o’tkazilishi bekor qilindi.
Kanalga ulanish