Tunda kelgan fikrlar: Farzandining kelajagi uchun jonkuyar ota-onalar uchun!
Faqat gʻoliblar emas, ishtirokchilarning ham qandaydir motivatsiyasi boʻlishi kerak. Chunki, eng oliy maqsadimiz har bir olimpiadadan keyin oʻquvchilarda yanada koʻp bilim olishga ishtiyoq oshib borishi.
Hozircha menga bir nechta fikrlar keldi. Bularni siz bilan boʻlishaman. Qoʻshimcha takliflar boʻlsa albatta amaliyotga tadbiq qilamiz.
1) Oʻquvchilarning umumiy ballari yigʻilib borishi va keyinchalik qandaydir bonuslarga almashtirish. Masalan ballari (bu raqam oʻzgarishi mumkin) 1000 ga yetsa 100.000 soʻmlik kitobga almashtirishi yoki 500 ga yetsa olimpiadada bepul ishtirok etishi;
2) Ballari 500, 1000, 2000 lik dovonlarga yetganda daraja berish. Internetda ommalashgan oʻyinlarda shunday darajalar berilar ekan. Bu bolalarda qiziqish uygʻotishi tabiiy. Masalan 500 ballga yetsa “Mirzo Ulugʻbek” darajasi, 1000 balga yetsa “Al Beruniy” darajasi, 2000 ballga yetsa “Al Xorazmiy” darajasi. Darajalarga qoʻshib 🎖koʻkrak nishon va guvohnomasini berish.
3) Umumiy ballarga koʻra choraklik yoki oʻquv yili boʻyicha gʻoliblarni alohida taqdirlash.
Sizga qaysi gʻoyalar yoqdi yoki sizda qanday takliflar bor? Iltimos, faol boʻling. Zero, bularning barchasi aziz farzandlarimiz uchun!
7 comments
Gulmira
Assalomu alaykum rahmat shunchalik e‘tibor qaratib, vaqt ajratib bolalarni bilimi oshishi uchun har hafta olimpiada qilib kelayotganingiz uchun. Har safar olimpiadani e‘loni chiqganidan keyin farzandlarimizni ko‘zidagi shijoatni ko‘rib xursand bo‘lib ketaman. Xorazmga kelganizda vaqtiz bo‘lganida bolalar bilan suhbat uyushtirsangiz iltimos misol uchun dasturxon ustida
Assalomu Alaykum Sizlarga katta raxmat.Bolalarga juda katta Motivatsiyalar berib Yangi Fikrlar o'ylab topip Yanada o'qishga Qiziqish uyg'otib Boryapsizlar,Tinib tinchimay Farzandlar bilim olishi uchun Imkon Yaratayapsizlar.Biz bundan Juda xursandmiz Farzandlarimiz ham Oldingidan Ko'proq Yaxshi natija ko'rsatib Boryapdi,Ya'ni oldingilardan har safar Yuqori ballarga va yuqori o'rinlarga chiqyapti.Bundan keyingi Ishlaringizda Omadlar tilayman.Khiso jamosi va Sardor Bazarboyevga Katta Raxmat.Charchamang Omad!
Assalomu alaykum rahmat Sardor aka vaqt ajratib javob berayotganingiz uchun, g‘oliblar bilan dasturxon ustida suhbat qilish taklifiga bizham qo‘shilamiz)
Assalomu alaykum barcha ota onalar va o'qituvchilar,Sardorbek tunda kelgan fikirlaringiz menga ma'qul bo'ldi ta'limda izchillik bo'ladi albatta o'quvchilarning ham qiziqishlari ortib boradi masalan mening ham o'g'lim har safar olimpiadalarda qatnashib kelmoqda har safargi olimpiadada oldingi o'rinlarga ko'tarilib bormoqda kechagi olimpiadada esa yuqori o'rinlardan biriga chiqib oldi Alhamdulillah, buning uchun siz va sizning jamoangizga rahmat bundan keyingi ishlaringizda Allohim qo'llasin
Assalomu alaykum sertifikat olgan òquvchilarni xam taqdirlash òtkaziladigan kuni olib borsak bòladimi Yuqoridagi barcha fikrlaringizga qòshilaman xammasi yaxshi takliflar farzandlarimiz uchun jon kuydirib qilayotgan mexnatlaringiz uchun katta raxmat
Har safar olimpiadani e‘loni chiqganidan keyin farzandlarimizni ko‘zidagi shijoatni ko‘rib xursand bo‘lib ketaman. Xorazmga kelganizda vaqtiz bo‘lganida bolalar bilan suhbat uyushtirsangiz iltimos misol uchun dasturxon ustida
Yangi yilgacha balki gʻoliblar bilan shunday qilarmiz!
Takliflaringiz boʻlsa qoldiring, bu biz uchun muhim!
Yuqoridagi barcha fikrlaringizga qòshilaman xammasi yaxshi takliflar farzandlarimiz uchun jon kuydirib qilayotgan mexnatlaringiz uchun katta raxmat