Ilmni qoʻllagan universitetni biz ham qoʻllaymiz🤝

Avgust oyida “Ulugʻbek izdoshlari” olimpiadasining finali - “Yozgi maktab -2023” loyihasini tashkil qilgan edik. Unda darslar, sayohatlar, shaxmat musobaqasi, robototexnika ochiq darsi kabi qiziqarli tadbirlar boʻlib oʻtgan edi. Ushbu loyihaga asosiy homiy TIFT universiteti boʻlgan edi. Har bir ishtirokchiga esdalik sovgʻalari, narxi chegirmada 149.000 soʻm turadigan kitob bepul berilgandi. Gʻoliblar qimmatbaho sovgʻalar (TV, planshet, Smart watch) bilan taqdirlangan edi. Ushbu universitet bu bilan cheklanib qolmadi. Bilasiz har oyning 1-yakshanbasida Toshkent shahrida oflayn olimpiadani aynan ularning binosida oʻtkazamiz. Ushbu olimpiadalarda oʻquvchilar uchun bepul tushlik tashkil qilib berishadi.

Gapning qisqasi, ilmga oid loyihalarni doimo qoʻllab quvvatlab kelishmoqda.

Hozirda talim.uz kanalida universitetlar reytingini aniqlash jarayoni ketmoqda. Sizlardan quyidagi havola orqali TIFT universitetiga ovoz berishingizni iltimos qilardim. Ovoz berganlarga istalgan kitobimiz uchun 20.000 soʻmlik bonus taqdim etamiz. Ovoz bering va skrinshotini @khiso_lc_admin ga yuboring. Istalgan kitobimiz sizga 20.000 soʻm arzoniga beriladi😉

Ovoz berish uchun havola: ➡️ https://t.me/edustatbot?start=poll_3_253

P.S: TIFT - Toshkent xalqaro moliyaviy boshqaruv va texnologiyalar universiteti!

4 comments

Шохжахон Нозима
Ассалому-алайкум овоз бардик
Nilufar Ismailova
Assalomu alaykum TIFTga rahmat, ovoz berdik
Юсубова Нигора Эркабоевна
Ассалому алайкум. Овоз бердик. Омад