Odatda Yapon kompaniyalari chet el bozoriga chiqish vaqtida, 3 yil yoki 5 yil daromad ko'rmaymiz, ya'ni zararga ishlaymiz deb business plan tuzadi. Shunga yarasha capital (mablag') ajratadi. Nega Yaponlar unaqa, nega bunaqa qaror qiladi, nega sekin deb biznikilar Yaponlarni tushunmaydi. Bular uzoqni ko'radi, O'zbekiston 10 yildan keyin 15 yildan keyin qanday davlat bo'ladi shunga qiziqadi. Bir Yapon kompaniyasi vakillari O'zbekistonga 3 yil oldin ofis ochgan va 3 yildan beri foyda ko'rmagan. Lekin, ular buni kutgan va bemalol hali yana investitsiya kiritamiz deyishyapti. Yaponlar bilan ishlaganda shunday uzoqni ko'zlab ishlash usuli haqida bilib qo'ygan yaxshi.
🚀Telegram📷 Instagram 🔵Facebook