🎉 Bugun ustozimiz, akademik Shavkat Abdullayevichning tavallud kuni!

📚 U kishi nafaqat matematikaning, balki yosh matematiklarning ham eng katta qo‘llab-quvvatlovchisi. Bizning har bir loyihamizda ustozimizning beqiyos dastaklarini his qilib kelamiz.

✨ Ayniqsa, “Yozgi maktab” loyihamiz doirasida O‘zbekiston Qahramoni, senator, Fanlar akademiyasi prezidenti, akademik Shavkat Abdullayevich nomiga maxsus “valyuta” joriy etganimizni ustozimiz samimiy va iliq qarshi olgan edilar.

🤲 Fursatdan foydalanib, ustozimizga mustahkam sog‘lik, uzoq umr va bardavom ijodiy quvvat tilaymiz. Boshimizda omon bo‘lsinlar!

Comments

Be the first to add a comment