Siz shu kungacha qaysi nuqtalarda qoqildingiz, qaysi xatolarga yoʼl qoʼydingiz, barini ibrat oʼlaroq eslang, ammo mahzunlanmang, Аllohning lutfidan umidsizlanmang, hali hammasi tugamay turib, xulosa yasamang... Rasululloh sollallohu alayhi vasallam "Аbu Sufyon ibn Xaris jannat yigitlarining sayyididir" deganlar, vaholangki, Аbu Sufyon roziyallohu anhu umrlaring yigirma yilini Islomga, Rasuliga adovat bilan oʼtkazgan edilar. Taqdirlarning, amallarning, niyatlarning oʼzgarishi hammasini oʼzgartirib yuborishi mumkin, biz yoʼlning oxirini koʼrmay, manzilga yetmay kitob qanday yopilishini bilmaymiz. Siz xulosaga shoshilmang, hammasi yaxshi boʼladi, Аllohning rahmati keng...
ilgarilari nimadir ishim o'xshamiy qolsa koop siqilardim.Yig"lardim.Hozir nimadir qiyinchilikka duch kelsam kop siqilmaydigan boldim chunki bilaman.Allohim mandan op qoygan narsadan ham yaxshirog'ini beradi.Shunga konglim tinch.Alhamdulillah😊🌸
Siz yaxshi insonsiz, doim shunday inson bo'lib qolishingizni ollohdan so'rab qolaman. Yuqoridagi mativatsiya uchun katta rahmat. Hechqachon yaxshilik qilishdan charchamang ilohim !!!