⚡️ Super finalchilar soni 106* taga yetdi!➗ Oldinroq xabar
berganimizdek, yozda
mutlaqo yangi va o‘z sinfida barcha hududlar bo‘yicha
eng kuchli o‘quvchilargina qatnasha oladigan
"SUPER FINAL" olimpiadasini o‘tkazamiz. Bu haqida batafsil
video-tushuntirish berganman.
😇 Joriy yilda olimpiadalarimiz rasman
Toshkent shahar, Samarqand, Buxoro, Xorazm, Jizzax, Sirdaryo, Namangan, Farg‘ona, Qashqadaryo, Andijon, Surxondaryo, Navoiy viloyatlari va
Qoraqalpog‘iston Respublikasida o‘tkazildi. 2025-yildagi jami
12 ta olimpiadadan keyin
jami 106* ta "super finalchi" aniqlandi. Bulardan 51 tasi
Xorazm, 24 tasi
Toshkent shahar, 9 tasi
Buxoro, 10 tasi
Farg‘ona, 6 tasi
Jizzax, 3 tasi Qoraqalpog‘iston Respublikasi, 1 tasi
Samarqand, 1 tasi
Andijon va 1 tasi
Namangan viloyatidan. Afsus, bu mavsumda
Sirdaryo,
Qashqadaryo,
Surxondaryo va
Navoiydan "super finalchi" aniqlanmadi. Keyingi mavsumda ulardan ham faollik kutib qolamiz!
Eslatib o‘tamiz,
"SUPER FINAL" bu
"YOZGI MAKTAB-2025" degani emas. Super finalchilarning "YOZGI MAKTAB-2025"da ishtirok etishi kafolatlanmagan. Yakuniy reytinglardan keyingi "YOZGI MAKTAB-2025" ishtirokchilari aniqlanadi.
Super final olimpiadasi 28-iyun kuni o‘tkaziladi, g‘oliblar 29-iyun kuni umumiy taqdirlash marosimida taqdirlanadi. O‘tkazilish tartibi va taqdirlanish mexanizmi haqida ushbu videodan ma‘lumot olishingiz mumkin: ➡️ https://t.me/bazarbaevs/10672
6 iyulga tugaydimi?