Yaponiya iqtisodiyoti gazetasi, Nikkeida aytilishicha, Yaponiya aholisining 3.1% ya'ni 3 million 840ming kishini chet elliklar tashkil qilmoqda.
Bu raqamlar Yaponiya tarixidagi eng ko'p chet elliklar soni demakdir. 1-Xitoy, 2-Vetnam, 3-Korea, 4-Filippin, 5-Braziliya.
Shu vaqtga qadar 2-o'rinda Korea bo'lib kelgan. Vetnam asosan ishchilarni yuborish orqali ulardan oshib o'tgan. Oxirgi 5 yil ichida Ventnam 60%, Indoneziya, Myanmar davlat fuqorolari bir necha barobarga oshgan.
Ma'lumotlaringiz uchun, o'zbekistonliklar Yaponiyada 7,600 nafarga yaqin. O'tgan yilga nisbatan ozroq kamayish bor. Taqqoslash uchun Yaponiyaniyaning qo'shnisi Korea Respublikasida 120,000 ga yaqin vatandoshimiz istiqomad qiladi.
Ko'p yangiliklarda Yaponiya va O'zbekiston aloqalari rivojlanib ketgandek ko'rsatishadi, lekin aslida 1000 guldan 1 gul ochilgan xolos. Yaponiya bilan hali aloqalarimiz juda boshlang'ich etapda turibdi, hali qilinadigan ishlar, imkoniyat va salohiyatlar juda katta.
Bugun Yapon tilini o'rganayotgan yoki Yapon tilini biladigan har bir kishi, mana shunday kelajak imkoniyatidan foydalanishi, mana shunday katta salohiyatni o'zlari ochib borishlari mumkin.
🚀Telegram📷 Instagram 🔵Facebook