Minnatdorchilik xatlari kelishda davom etmoqda!
Xabaringiz bor kuni kecha Prezident maktabi imtihonlari natijalari e'lon qilindi. Nafaqat o‘quv markazimizdagi o‘quvchilar, balki khiso.uz saytimiz va KUNTESTI mobil ilovamiz foydalanuvchilaridan ham minnatdorchilik xatlari kelishda davom etmoqda.
▶️Assalomu alaykum, Khisoning jonkuyar jamoasi! Kecha mening qizim Prezident maktabiga 1-o'rinda qabul qilindi! Bunda sizlarning ham hissalaringiz bor. Samarqand olimpiadasida ham 3-4-sinflar o'rtasida 2-o'rinni olgan edi. Kanallaringizda va kuntestida berib boriladigan test va olimpiadalardan unumli foydalanib, o'z bilimini oshirib bordi. Buning uchun sizlardan minnatdormiz! Doim o'sib kelayotgan yosh avlodga o'rnak bo'lib, o'z bilimlaringizni berishdan charchamang! Sardor Bazarbayev martabangiz bundanda ulug' bo'lsin! Xalqimizga qilayotgan bunday ilmli ishlaringiz kelajakda o'z mevasini berishini tilaymiz!
⏹⭐️ Aytgancha, mustaqillik bayramimiz barchamizga muborak bo‘lsin!