Xayrli kech azizlar!

Jamoamizning matbuot kotibasi yangi loyiha boshlagani haqida xabar bergan edim. Loyihaning bu safargi qahramoni -yana bir eng bilimdon oʻquvchilardan biri Nizomiddinov Jalolbek boʻlibdi. Jalolbek o‘zi Navoiylik. Uni Bolajon telekanalidagi ko‘rsatuvga ham taklif qilgan edim. Shuningdek, Jalolbek KUNTESTI mobil ilovamizda “Yilning eng yaxshi oʻquvchisi-2021” (Top10) mukofotini ham qoʻlga kiritgan. Xullas yaxshisi videoni ko‘ra qoling:)

Intervyuni koʻrishni jiddiy tavsiya qilaman: 👉 youtu.be/AJkjD70ofRI

4 comments

Dilnoz
Barakalla. Omadini bersin.
Omad tilaymiz
Xayrli kech hurmatli Sardor Bazarbayev va khiso jamoasi. Sizlarning olib borayotgan faoliyatingiz juda tahsinga sazovor. Ollohim zukko bilimdon yoshlarni kashf qilishdek mashaqqatli mehnatlaringizda ózi hamisha madadkor bólsin. Farzandimiz Razzaqov Kamronbekning 30 yanvar kungi olimpiada oltin medal sohibi bólgani bizlarni juda baxtiyor etdi. Oldingi testlarda kumush medal sohibi bólgan edi. Bundan ruhlangan óģlimiz keyingi safar albatta oltin medal olaman deya kun testi ilovalaringizdagi testlarni ham jór qishiqish bilan yecha boshladi. Uning bilim olishga bólgan ishtiyoqi kundan kunga oshib bormoqda. Undagi bu ózgarishlar sababchisi siz va sizning jamoangiz deb bilaman. Men ona sifatida sizdek insonlarni kóproq yaratishini, sizlarni óz panohida asrashini ollohimdan sórab qolaman. Hamisha ishlaringizda omad yor bólsin. Tanu jonlaringiz soģ, oilalaringiz tinch yuzingiz yoruģ bólsin. SIZLARGA oilamiz nomidan cheksiz minnatdorlik bildiraman.
Yuqoridagi tilaklarga qo'shilaman.Vatanimiz kelajaklariga ilm yo'llarini ochishdan aslo charchamangiz.Ollohim o'zi yuzlaringizni hamisha yorug' qilsin.