Assalomu alaykum hammaga! Yodingizda bo'lsa yanvar oyida O'zbekiston milliy universiteti Kimyo fakulteti va Toshkent farmatsevtika instituti Farmatsiya fakultetlarida "Chet elda o'qish va stipendiya yutish sirlari" nomli #seminar-trening o'tkazgan edik. Seminar-treningda ishtirok etolmaganlar uchun tadbirni videoga yozib olishga muvaffaq bo'lgandik. Quyidagi havola orqali videoni ko'rishlaringiz mumkin.
Xuddi shunday chet elda o'qishga qiziqqan do'stlaringizga ulashing, shoyad foydasi tegib qolar.
Biz bilan birga qoling, tez kunlarda yangi loyihalarni taqdim etamiz.