Hayotimda tug'ilgan kunimda birinchi marta gul oldim. Siz uchun tug'ilgan kun bu qanday kun? Men uchun bu qisqa muddatli sarhisob kuni, Yapon tilida ζ―γθΏγ(orqaga qarash) deydi.
35 yoshga kirdim. Siz necha yoshdasiz? Odam baribir boshidan o'tkazmasdan turib bir narsani tushunishi qiyin, lekin baribir necha yoshda bizni nima kutyapti oldindan bilib tayyorgarlik qilish kerak deb o'ylayman.
Meni vaziyatimda, yoshligimdan Akam bilan yurib yoshi kattalar boshidan o'tkazayotgan voqealar, hodisalarni o'z tengdoshlarimdan ancha tezroq bilib borganman. 30-yoshdan oshgandan keyin nima to'g'ri nima noto'g'ri ekanligini aytadigan odam kamayadi. Juda ko'p narsani o'zingiz o'ylab, qaror berib oldinga ketish kerak bo'ladi. Javobi yo'q savollar, faqat o'zingizda javobi bo'ladi.
Agar siz ham javobi bo'lmagan savol bilan duch kelsangiz, qilib ko'ring. Hayotga xavf solmaydigan har qanday risk, bemalol harakat qilib bo'lsa bo'ladigan riskdir. Shunda javobi yo'q savollarga yechim topganingizda juda xursand bo'lasiz.
πTelegramπ· Instagram π΅Facebook