Results of Khorezm (3-mart).pdf
505.4 KB
📊 Nihoyat olimpiada natijalari va g‘oliblarni e'lon qilamiz!

Bugun 1-8 sinf o‘quvchilari o‘rtasida o‘tkazilgan navbatdagi oflayn olimpiadada jami 464 nafar o‘quvchi ishtirok etdi.

🎟 Barcha ishtirokchilar va ularning ustozlari elektron sertifikatlarini @khiso_admin akkaunti orqali soat 19:00 dan boshlab olishlari mumkin.

🥇 G‘olib o‘quvchilar va yuqori natijali jami 43 nafar o‘quvchi turli darajadagi medallar bilan taqdirlanadi. Taqdirlash marosimi 11-mart kuni bo‘lib o‘tishi rejalashtirilmoqda.

📊 Eslatib o‘tamiz, 2024-yilda har bir o‘quvchining reyting ballari jamg‘arib boriladi va o‘quv yili yakunida eng yaxshi natija egalari munosib rag‘batlantiriladi.

🔄 Natijalar tahrirlandi! Kechagi olimpiadada 1-2 sinf o‘quvchilari uchun C4 savolning javobi A edi. Lekin xatolik tufayli C qilib tekshirilgan ekan. 100% qaytadan tekshirib chiqdik va natijalarni to‘g‘rilab qo‘ydik. Ishonchingiz komil bo‘lishi va shaffoflik uchun barcha 1-2 sinf o‘quvchilarining javoblar varaqalarini e'lon qilmoqchimiz. Ularni quyidagi havolalar orqali ko‘rishingiz mumkin:

🟢 1-sinf: ➡️ Javoblar varaqalari

🔵 2-sinf: ➡️ Javoblar varaqalari

Olimpiadamizda sifat (savollar sifati va bexatoligi) va adolat (toʻliq shaffoflik) ustuvor maqsadlar hisoblanadi. Biz oʻzimizga haqligimiz uchun ham video yechimlarni e’lon qilamiz.

4 comments

MISS ANGEL
Ассалому алайкум нимага ташкентда голибларга пул мукофоти бор хоразмда йук
MISS ANGEL
Ассалому алайкум нимага ташкентда голибларга пул мукофоти бор хоразмда йук
Toshkentda pul mukofoti emas e’lonni oʻqing yaxshilab. Oʻquv markaz uchun vaucher. Xorazmda ham markazimiz ochilsa vaucher qoʻyiladi.
Zuhra Raxmatullayeva
Assalomu alaykum. Tashkilotchilarga katta rahmat. Qilinayotgan mehnatlaringizni qadrlaymiz. Har bir olimpiadada qatnashib kelmoqdamiz. Iltimos, KHISO olimpiadasining sertifikatlarini oldingiday qilib, o'qituvchilarning ustamasida "ishlaydigan" qilishda amaliy yordam beringlar.