Agar kòchaga shaxsiy ishlar bilan chiqmasam, avtomobilimdan deyarli foydalanmayman. Tayyor taksini chaqiraman. Bir kun sinab kòrdim. Odatda uydan ishxonaga 20 minutda yetib kelar ekanman. Shu vaqt ichida 2-2,5 mingta tasbeh aytish, yoki 10 bet kitob òqish mumkin ekan, qaytishda ham shuncha miqdor. Keyin òylab kòrdim, menga qaysi bir manfaatli? 40 ming pulmi yoki 40 minut òzim uchun vaqtmi...?! Shu yòqotgan 40 ming pul aslida yòqotish emas, yutuqdir. Vaqtimni qizģonadigan bòldim, vaqtim o'zim uchun qadrli bòlib qolgan, alhamdulillah vaqt isrofidan qochadigan bòldim. Qadriyatingiz ustun bòlsa, pul oyoģingiz ostida qolar ekan....
Cheklangan har qanday resursni qiymati bor, faqat qancha vaqtimiz borligini aniq bilmaganimiz uchun vaqtni hammamiz turlicha qadrlaymiz. Balki bilmasligimizni hikmati ham shudir.