Bugun dunyo vakillati BMT minbaridan yangi zamon haqida, tajovuz va urushlarni to’xtatish haqida gapirmoqda.

Ayni vaqtda bu tajovuzlarni tugatish imkoniyatiga ega bo’lgan AQSH va Xitoy dunyoni bo’lib olishga, kim o’zarga, yangi G2 ya’ni Great Two davriga kirib bormoqda. Suhbat davomida AQSh tobora kuchayib kelayotgan Xitoydan seskanib, ishonchsizlik bilan qarayotganini, Xitoy esa AQSh ga Xitoyning kuchayishiga to’sqinlik qilmaslikni so’rayotgandek ko’rinadi.

Uchashuv doirasida Mr. Xi 100,000 AQSh lik talabalarni Xitoyga o’qishga taklif qildi. Memimcha bu juda yaxshi taklif. Insoniy aloqalar barcha tushunmovchiliklarga yechim bo’ladi deb o’ylayman. Biz ham ko’proq chet ellik talabalarni, O’zbekiston uchun strategik muhim davlat talabalarini O’zbekistonga qabul qilishimiz kerak.

https://youtu.be/gsuwX29PW6I?si=1_2hgtuGJUZ5SduC

1 comment

Dunyoda urushlar bo'lmasim ilohim. .Bizga har qachongidan ham faqat tinchlik totuvlik kerak .Nizolarni faqat diplomatik yo'l bilan hal qilaylik .Dunyodagi urushlardan Dunyodagi Odamlar charchadi .Hattoki rivojlangan davlatlarda ham iqtisodiy muomolar keltirib chiqarayabdi deb o'ylayman .