WINNERS URGANCH 7-yanvar, 2024-yil.pdf
164.9 KB
🏆 Taqdirlash marosimi ertaga (9-yanvar) 14:30 da bo‘lib o‘tadi!

1-8 sinf o‘quvchilari uchun 7-yanvar kuni bo‘lib o‘tgan olimpiada g‘oliblarini taqdirlash marosimi ertaga (9-yanvar) 14:30 da bo‘lib o‘tadi.

IZOH: Oldingi olimpiadalarda g‘olib bo‘lib taqdirlashga kela olmagan o‘quvchilar yoki ustozlar ham kelishi mumkin. (Faqat bu haqida @khiso_admin ni ogohlantirib qo‘yishi kerak)

Urganch shahridagi Yoshlar markazida g‘oliblar medal va diplomlar bilan, ustozlari esa tashakkurnoma bilan taqdirlanadi.

Taqdirlash marosimida Xorazm viloyati maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi boshlig‘i Xamro Bektemirov, Yoshlar ishlari agentligi Xorazm viloyati boshqarmasi boshlig‘i Sardor Palvonov va KHISO asoschisi Sardor Bozorboyev qatnashishi kutilmoqda.

G‘oliblardan tashqari har bir ishtirokchi va ustoziga elektron sertifikat taqdim etilmoqda. Hali ham olishga ulgurmagan bo‘lsangiz @khiso_admin ga yozing.

Comments

Be the first to add a comment