#10_sinf
Mavzu :Uglevodlar va lipidlar
I. Quyidagilarni vazifalari bilan juftlang :
1.maltoza
2.xitin
3.geparin
4.kraxmal
5.riboza
6.glikogen
A-hayvonlarda qon ivishiga to‘sqinlik qiladi
B-unayotgan urug‘ uchun energiya manbayi
C-hayvonlar to‘qimalarida zaxira holda to‘planadi
D-ATF va RNK molekulalari strukturasini tuzishda ishtirok etadi
E-O‘simlik to‘qimalarida zaxira holda to‘planadi
F-zamburug‘ hujayrasi qobig‘i va bo‘g‘imoyoqlilar tana qoplamiga mustahkamlik beradi
a)1-A, 2-B, 3-C, 4-D, 5-E, 6 - F
b )1-B, 2 -F, 3-A, 4-E, 5 - D, 6-C
s)1-C, 2-B, 3-A, 4-D, 5-F, 6- E
d)1-B, 2-D, 3-A, 4-E, 5-C, 6-F
II.Quyidagilardan lipidlarga xos xususiyatlarni toping :
1 . teri osti yog‘ kletchatkasini mexanik ta‘sirlardan himoya qiladi.
2.Hayvonlarda yog‘ zaxira holda to‘planadi.
3.Plastik funksiyani bajaruvchi lipidlarga fosfolipidlar, xolesterin, lipoproteinlar, selluloza kiradi
4.ortiqcha xolesterin ateroskeleroz kasalligiga sabab bo'ladi
5.lipidlar organizmda issiqlikni saqlashga yordam beradi.
6.lipidlar gidrofob molekulalardir .
a)1,2,3,4,5,6 b) 1,2,3,4 s)1,2,4,5,6 d )2,3,4,6
Farg'ona viloyati O'zbekiston tumani 28-maktab biologiya fani o'qituvchisi Hamidaxon Uzaqova.
Kanalimiz manzili
🔻🔻🔻🔻🔻🔻@Biology_prof@Biology_prof