Boshlang‘ich sinflar olimpiadasida qaysi tuman yoki shahar o‘quvchilari olimpiadada eng faol?
Va'da qilganimizdek kechagi olimpiada bo‘yicha reytinglarni e'lon qilamiz!
📊 Yuqorida qatnachuvchilar soni bo‘yicha tuman/shaharlar reytingini keltirdik.
Qatnashchilar soniga ko‘ra Xiva va Urganch shaharlari sezilarli darajada oldinda. Natijalar quyidagicha:
Xiva shahar - 87; Urganch shahar - 83; Bog‘ot tumani - 61; Urganch tumani - 44; Qo‘shko‘pir tumani - 37; Hazorasp tumani - 35; Xonqa tumani - 31; Gurlan tumani - 23; Shovot tumani - 15; Yangiariq tumani - 13; Xiva tumani - 9; Tuproqqal'a tumani - 2; Yangibozor tumani - 2;
Shuningdek, mehmon Nukus shahridan 19 nafar o‘quvchi ishtirok etgan.