Hurmatli ota-onalar va ustozlar!

Olimpiadalarimizga qiziqish juda yuqori, bundan xursandmiz. Lekin, olimpiada sifatli va tartibli tashkil etilishi uchun roʻyxatdan oʻtishda mas’uliyatli boʻlish juda muhim.

Olimpiada topshiriqlari soni roʻyxatdan oʻtgan oʻquvchilar sonidan kelib chiqib belgilanadi. Masalan, A sinfdan 100 ta oʻquvchi oʻtsa 120 ta nashr qilamiz. Test topshirish tilini tanlashda ham e’tiborli boʻling. Masalan kecha 1-2 sinflardan 7 ta, 3-4 sinflardan 10 ta rus tilida topshiruvchilar roʻyxatdan oʻtgan. Lekin bugun 50 ga yaqin (roʻyxatdan oʻtmagan yoki tilni oʻzbekcha deb tanlagan) oʻquvchi tashrif buyurgan. Oʻquvchilar shashtini tushirmaslik uchun olimpiadaga kiritdik, lekin savollar kitobini qoʻshimcha nashr qilishga vaqt va ortiqcha ovoragarchilik vujudga keladi.

Olimpiada e’loni kamida 5 kun oldin e’lon qilinadi. Roʻyxatdan oʻtish sizga hech qanday qiyinchilik tugʻdirmaydi. Iltimos, olimpiadalarimiz tartibli oʻtishi uchun va boshqalarning vaqtini hurmat qilgan holda roʻyxatdan oʻtishga erinmang.

13 comments

Show 3 more comments
Муродбек Максадбек
Javoblari qachon chiqadi
София Шахзода
Javoblar qachon chiqadi
Assalomu aleykum javob i qachon chiqadi akan
Javoblar bugun eʼlon qilinadi
Zulfiya Kuranbayevna
Assalomu alaykum xudo xohlasa tekshirib tugatgandan keyin chiqadi. Ro'yxatda bor hammasi.nechta to'g'ri javob bergan bo'lsa
Sertifikatlar qachon chiqadi?